Jurnal haqida

“O’zbekistonda xorijiy tillar” (FLEDU.UZ) nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali — virtual muhitda chet tilini o’rganuvchilar uchun zarur axborot va bilimlarni beradigan, til o’rgatuvchi mutaxassislar uchun zamonaviy, yangi til o’qitish metodikalarini taqdim etadigan, o’zaro kasbiy muloqot hamda tajriba almashishga qaratilgan o’ziga xos akademik platforma hisoblanadi. “O’zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-metodik elektron jurnali mamlakatimizda gumanitar sohadagi ilk elektron ilmiy nashr.